AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzaev koronavirusdan sog`ayib, ishga qaytdi

'Zoyir Mirzaev koronavirusdan sog`ayib, ishga qaytdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi sog`ligini tiklab, Qarshi shahriga qaytib keldi. Bu haqda uning matbuot kotibi Ahror Sodiqov xabar qildi. 

"Zoyir Mirzaevning ta`kidlashicha, ahvoli ancha yaxshi va bugun 9 may tadbirlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, shahar mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 28 aprel kuni Ahror Sodiqov viloyat hokimining koronavirus kasalligi bilan kasallanganini ma`lum qilib, tezroq shifo topishi uchun xalqdan duo qilishlarini so`ragan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar