AsosiyJamiyat

Tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar bo`lgan dorilarning noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti

'Tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar bo`lgan dorilarning noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti'ning rasmi

Bugun 7 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Unda deputatlar dastlab «O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi  masalani ko`rib chiqyaptilar.

Qonun loyihasi bilan tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar bo`lgan dori vositalarining noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti.

Shuningdek, kuchli ta`sir qiluvchi moddalarning, shu jumladan tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarining noqonuniy muomalasidagi “ko`p miqdor” tushunchasini aniqlash bo`yicha yagona amaliyotni shakllantirish uchun ushbu miqdor uning hajmiga qarab tegishli davlat organi tomonidan belgilanishi mustahkamlanmoqda.

Deputatlarning ta`kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini, millat genofondini asrash, shuningdek kuchli ta`sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo`yishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda qabul qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar