AsosiyJamiyat

Kecha Namaganda sodir bo`lgan suv toshqini Pop tumanidagi 15 kilometr yo`lni ko`chirib tashlagan

'Kecha Namaganda sodir bo`lgan suv toshqini Pop tumanidagi 15 kilometr yo`lni ko`chirib tashlagan'ning rasmi

Joriy yilning 6 may kuni soat 17:20 larda suv toshqini oqibatida Namangan viloyati Pop tumani hududidan o`tgan 4R 112  “Farg`ona xalka yo`li” avtomobil yo`lining 10-17 kilometrlari oralig`ida yo`lning qatnov qismiga suv toshib chiqqan, 15-kilometri bo`ylab yo`l cheti asfalt qoplamasini ayrim joylarini ko`chirib tashlaganligi, yo`l yoqasi ayrim joylari cho`kib ketganligi hamda qatnov qismini shag`al, qoplaganligi tufayli transportlar harakati cheklandi.  Bu haqda IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi. 

️Hozirgi vaqtda harakat Pop tumani hududidan o`tgan 4R 112 “Farg`ona xalka yo`li” avtomobil yo`lining 36-kilometiridagi “Orom” aylanma harakati orqali  4R 215 Pop markazi 4R 121,  4R 126 avtomobil yo`llari bo`ylab A 373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Sadoqat” chorrahasi kesishmasi orqali tashkil etilgan.  

️Shuningdek, hozirda Pop tumani markazidan o`tgan 4R 215 avtomobil yo`li orqali qo`shimcha zahira yo`li tayyorlanmoqda, ushbu yo`nalishning uzunligi 38 kilometrni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar