Shu munosabat bilan Madaniyat vazirligi jamoasi tabrik e`lon qildi.
" - Qisqa muddat ichida siz boshqarayotgan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalarini a`lo darajada bajarmoqda deb bemalol ayta olamiz. Siz madaniyat sohasiga yangi qon bilan kirib keldingiz, xalqimiz o`zgarishlar, yuksalishlar natijasining guvohi bo`lmoqda.
Madaniyat va san`at sohasini rivojlantirishdagi mas`uliyatli vazifangizni bekamu ko`st ado etayotganingizni sohamizga oid yangi qaror va farmonlar e`lon qilinayotganligi, soha vakillari qo`llab - quvvatlanayotganligi, keng imkoniyat eshiklari ochilayotganligi misolida ko`rishimiz mumkin.
Madaniyat sohasida sizdek yangi fikr va g`oyalarni inobatga oluvchi, haqiqiy iqtidorlarni qo`llab-quvvatlovchi, zimmasiga yuklangan vazifalarni o`z vaqtida, muvaffaqiyatli bajarishga mas`uliyat va halollik bilan yondashuvchi rahbarlarning borligi yorqin kelajagimiz kafolatidir", - deyiladi tabrikda.






