Navoiy shahar perinatal markazida uch nafar egizak qiz dunyoga keldi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, chaqaloqlarga Shukrona, Shodiyona, Imona deb ism qo`yildi. Shifokorlarning ta`kidlashicha, chaqaloqlar sog`lom, ular 2,5 kilogramm, 2,4 kilogramm, 2,4 kilogramm vaznda dunyoga kelgan.
Navoiy shahar FHDYo bo`limi mudirasi Aziza Fayzieva chaqaloqlarga tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomani sayyor tartibda topshirdi. Uning ma`lum qilishicha, 2021 yilning 5 may kuniga qadar Navoiy shahrida 1253 nafar bola dunyoga kelgan.