AsosiyJamiyat

Rekord o`rnatish uchun iste`mol qilish mumkin bo`lgan O`zbekiston xaritasi yaratiladi

6 mart kuni Toshkent shahar Samarqand Darvozadagi savdo markazida o`tkaziladigan, mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy va uning guruhi yaratadigan iste`mol qilish mumkin bo`lgan O`zbekiston xaritasini yaratilishsh jarayoni, g`ayrioddiy rekordni kuzatish istagingiz bo`lsa, bemalol tashrif buyurishingiz mumkin, deb xabar berdi UT.uz nashri.

O`zbekistonning iste`mol qilish mumkin bo`lgan xaritasini yaratish  g`oyasi oshpaz Bahriddin Chustiyni anchadan beri o`ylantirib kelgan. U mazkur loyihani amalga oshirish uchun Rossiyaning restoran biznesi bo`yicha peshqadam tanqidchisi Oleg Nazarovdan maslahat so`ragan. Restoran biznesi akademiyasi uning qiziqarli taklifini qo`llab-quvvatlab, bu megaxaritaning homiyligini rasman o`z bo`yniga olgan. Loyiha muallifligi bevosita Bahriddin Chustiy va “Shirapaz” qandolatchilik uyi boshqaruvchisi Zabihullolarga topshirildi. 

Loyiha ijodkorlarining ma`lumot berishicha, xaritaning uzunligi 5 metr bo`lishi ko`zda tutilgan. Lazzatli rekord tarkibiga turli shirinliklar kiritilgan, bu eguliklar bilan tadbir ishtirokchilarini mehmon qilish ham ko`zda tutilgan. Respublikamizning tarixiy shaharlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilib, suratga olishingiz hamda tatib ko`rishingiz ham mumkin. Shuni ta`kidlash joizki, hali hech kim bu hajmdagi O`zbekiston xaritasini yaratmagan, u o`zining kattaligi bilan tarixda qolishi rejalashtirilgan. Shirinliklardan bahramand bo`lishni istasangiz, ishtahangizni yakshanba kunga asrab qo`ying!

    Boshqa yangiliklar