4 may kuni fuqaro A.A. “Damas” rusumli avtomashinasini Qo`shtegirmon qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, yo`lni qatnov qismini piyoda kesib o`tayotgan voyaga etmagan T.M. ismli qizni urib yuborishi oqibatida, T.M. ismli qiz hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Bag`dod tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.








