AsosiyJamiyat

Toshkent metropolitenida uzilishlar davom etmoqda: Halqa yo`nalishidagi "7-bekat" stansiyasidа elektr toki o`chib qoldi. Rasmiylar holat yuzasidan izoh berdi

'Toshkent metropolitenida uzilishlar davom etmoqda: Halqa yo`nalishidagi "7-bekat" stansiyasidа elektr toki o`chib qoldi. Rasmiylar holat yuzasidan izoh berdi'ning rasmi

Kecha, 7 may kuni "7-bekat" stansiyasidagi elektr ta`minotida uzilish kuzatildi.  "O`zbekiston temir yo`llari" AJ holat yuzasidan izoh berdi:

Bugun, 07.05.2021 y., soat 21:10 da shahardan elektr ta`minotining uzilishi sodir bo`ldi, bu esa Toshkent metropolitenining halqa yo`nalishidagi "7-bekat" stansiyasida yoritish tizimiga, ya`ni 100 dona yoritish lampalarini o`chishiga ham ta`sir ko`rsatdi. Bu hodisa metro poezdlarining harakatiga ta`sir qilmadi. Elektr ta`minoti 22:00 da tiklandi.

Axborot-tahliliy media markazi

    Boshqa yangiliklar