AsosiyJamiyat

Vaksinasiya: O`zbekistonda emlanganlar soni 1 million 24 mingdan oshdi

'Vaksinasiya: O`zbekistonda emlanganlar soni 1 million 24 mingdan oshdi'ning rasmi

Yurtimizda jami 1 million 86 ming dozadan ortiq vaksina qo`llanildi, emlangan fuqarolar soni 1 million 24 ming nafardan oshdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

7 may kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab  jami 39641 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo`llanildi. 

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 23918 nafarni,  

2-bosqichda emlanganlar 15723 nafarni tashkil qildi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda jami 1 086 309 doza vaksinadan foydalanildi.  

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 1 024 874 nafarni,  

2-bosqichda emlanganlar 61 435 nafarni tashkil qildi.

7 may kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Toshkent shahri (7957 doza),  
  • Andijon viloyati (7213 doza),
  • Namangan viloyati (4360 doza) band qildi.  

E`tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi jami emlashlar soni:

  1. Andijon viloyatida 133 838 doza,
  2. Farg`ona viloyatida 132 676 doza,  
  3. Namangan viloyatida 118 310 doza,
  4. Samarqand viloyatida 102 951 dozani tashkil qilmoqda.

 

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar