AsosiyJamiyat

Toshkentda YPX xodimi haydovchiga haqoratli ishora ko`rsatdi. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda

'Toshkentda YPX xodimi haydovchiga haqoratli ishora ko`rsatdi. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda «YPX xodimi haydovchiga haqoratli ishora ko`rsatdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi.

"2020 yil aprel oyida Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi shahar, A.Donish ko`chalarida joylashgan dehqon bozori oldida «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi yo`l qatnov qismining ikkinchi qatorida to`xtab turganligi uchun YPX xodimi Y.Abdullaev tomonidan bir necha bor ogohlantirgan. Haydovchi shunga qaramasdan qoidabuzarlikni davom ettirganligi uchun YPX xodimi planshet yordamida avtomashinani suratga olgan. Shundan so`ng haydovchi holatga e`tiroz bildirib video tasvirga olishni boshlagan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda xodimning xatti-harakati bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar