Qarshi shahar “Qilichbek-qo`rg`oncha” MFYda yashovchi K.T. IIO FMB 4-sonli IIBga o`g`rilik harakati yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, 2021 yil 3 may kuni noma`lum shaxslar Qarshi shahar “Darvozatutak” MFY hududida joylashgan “Artel” nomli savdo do`koni omborxonasidan, bozor bahosi 3.200.000 so`mlik 3 dona “Artel” va 1 dona bozor bahosi 4.200.000 so`mlik “Avalon” rusumli sovutgichlar hamda 1 dona “Artel” rusumli 32 dyumli televizorini noma`lum shaxslar o`g`irlab ketganligini bildirgan.
Qarshi shahar IIOFMB 4-sonli IIB JQB va profilaktika xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shaharning “Qarliqbog`ot” MFYda yashovchi Z.A. sodir etilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






