AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 2 taga oshdi

'O`zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 2 taga oshdi'ning rasmi

Kecha kunlik koronavirusdan kasallanish holatlari 381 nafarni tashkil qildi, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

2021 yil 7 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93978 (+381) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  1. 11 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  2. 7 nafari Andijon viloyatida,
  3. 11 nafari Buxoro viloyatida,
  4. 7 nafari Jizzax viloyatida,
  5. 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  6. 3 nafari Navoiy viloyatida,
  7. 8 nafari Namangan viloyatida,
  8. 80 nafari Samarqand viloyatida,
  9. 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
  10. 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  11. 15 nafari Farg`ona viloyatida,
  12. 6 nafari Xorazm viloyatida,
  13. 62 nafari Toshkent viloyatida,
  14. 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 7 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 70 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 9 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 11 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 56 nafar,

Toshkent shahrida 181 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 89703(+365) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga tushdi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3613 nafar bemor davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar