1

Surxondaryoda piyodalarni urib yuborgan xaydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Tibbiy yordam vaqtida ko`rsatilmagani sabab jabrlanuvchilar vafot etdi

Jamiyat 08.05.2021, 12:33
Surxondaryoda piyodalarni urib yuborgan xaydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Tibbiy yordam vaqtida ko`rsatilmagani sabab jabrlanuvchilar vafot etdi

Sherobodda yuz bergan YTH sabab 2 fuqaro halok bo`ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

6 may kuni soat 22:45 larda, Sherobodning “Kattabog`” mahallasi hududidan o`tgan 4-N 601 avtomobil yo`lining 6-kilometrida “Chuyinchi” mahallasida yashovchi, 31 yoshli fuqaro P.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini “Kattabog`-Qulluqsho” mahallasi yo`nalishida boshqarib ketayotgan vaqtida yo`lning o`ng tomon chekkasidan harakatlanib ketayotgan piyodalarni urib yuborgan. 

Piyodalar “Kattabog`” mahallasida yashovchi, S.A., Yu.O. va N.A.larni orqa tomonidan avtomashinaning old o`ng tomoni bilan urib, yo`l transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, hayoti yoki sog`lig`i xavf ostida qolgan turli darajadagi tan jarohatlari olgan piyodalarga yordam ko`rsatmasdan qasddan voqea joyidan yashiringan.

Sodir etilgan yo`l transport hodisasi natijasida, piyodalar S.A., Yu.O. va N.A.lar turli darajadagi tan jarohatlari olishib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan S.A. va Yu.O.lar shifoxonada vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman bo`yicha “To`sib ushlash” rejasi amalga oshirilib, ko`rilgan choralar natijasida, haydovchi P.S. qo`lga olingan. “Damas” haydovchisi P.S. Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz, boshqarib voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Sherobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan haydovchi P.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi va 117-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O`zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1