Namangan viloyatida 15 ming dollarlik joynamoz materiallarini o`g`irlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 3 may kuni Namangan tumanida yashovchi 35 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 20 aprel kunidan shu kunga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs tumanda joylashgan MChJ omborxonasidan 135 ta o`ramdagi umumiy narxi 15 ming dollar bo`lgan joynamoz materiallarini hamda kuzatuv kamerasi xotirasini o`g`irlab ketganini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Tekshirishlar natijasida jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 38 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlangan va daliliy ashyolar olingan.
Ushbu holat bo`yicha tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (O`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.