Joriy yilning 2 may kuni soat 09:30larda, Namangan viloyati Uchqurg`on tumani hududida joylashgan dehqon bozori oldida xizmat olib borayotgan IIB YHXB inspektori mayor G`.Ibragimov tomonidan davlat raqam belgisisiz harakatlanib kelgan "Neksiya" rusumli avtomashinani to`xtatilgan. Haydovchining me`yoriy hujjatlarni tekshirish vaqtida ham kamchiliklar aniqlangan va tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ma`lum qilinishicha, oradan 3 kun o`tib, joriy yilning 5 may kuni soat 09:22larda IIB YHXB inspektori G`.Ibragimov yuqorida ko`rsatilgan joyda xizmat olib borayotgan vaqtda ushbu "Neksiya" haydovchisi uning oldiga borib xodimdan ko`krak nishon belgisini so`rab video tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqga tarqatgan.
Hozirda maskur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.