AsosiyJamiyat

10 may kuni Yunusobod tumanidagi aholi xonadonlari 8 soat davomida gaz ta`minotidan uziladi

'10 may kuni Yunusobod tumanidagi aholi xonadonlari  8 soat davomida gaz ta`minotidan uziladi'ning rasmi

2021 yil 10 may kuni Yunusobod tuman hududidan  «Toshkent city» hududiga qadar yangi qurilgan D-400mm o`rta bosim gaz quvurini mavjud o`rta bosim D-729mm er osti gaz quvuriga ulanadi. Ushbu ishlari «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Erosti gaz quvurlari xizmati» va «Yunusobodtumangaz» ta`minoti bo`limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.  

Shu sabab ushbu ishlarni bajarish uchun  2021 yil 10 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste`molchilariga gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi. 

Aholi iste`molchilar:

  • Yunusobod tumani 2  -mavze 38 ta ko`p qavatli uylar  2300 ta xonadon;
  • 3-mavze 21 ta ko`p qavatli uylar 1260 ta xonadon;
  • 4-mavze 85 ta ko`p qavtli uylar  7000 ta xonadon;
  • 5-6-7-mavzelardagi 105 ta ko`p qavatli uylar 6300 ta xonadon;
  • 8-mavze 50 ta ko`p qavatli uylar 3000 ta xonado;
  • 9-mavze 28 ta ko`p qavatli uylar 1500 ta xonadon;
  • 10-mavze 25 ta ko`p qavatli uylar 1300 ta xonado;
  • 11-mavze 59 ta ko`p qavatli uylar 3000 ta xonadon;
  • 12-mavze 32 ta ko`p qavatli uylar 1920 ta xonadon;
  • 13-14-15-mavzelardagi 69 ta ko`p qavatli uylar 4150 ta xonadon;
  • Kulolqo`rg`on, Shodlik, G`ayratiy, Shaxriston, Moyqo`rg`on, Anorzor mahallalaridagi 5000 ta xonadon.

 

Ulgurji iste`molchilar:

  • Shaxriston, Anorzor  maxallasidagi ulgurji istemolchi- 2ta;
  • Amir Temur ko`chasidagi ulgurji istemolchilar- 8ta;  
  • A.Donish ko`chasidagi ulgurji istemolchilar- 2ta;
  • Chimkent yo`li ko`chasidagi ulgurji istemolchilar - 3ta;
  • 4-6-8-9-11-12-13-14- mavzedagi ulgurji istemolchilar-15t.

 

    Boshqa yangiliklar