1

Buxoroda marhum O`ktam Barnoevning "jiyani" 5 yil 6 oy muddatga qamaldi

Jinoyat 09.05.2021, 14:39
Teglar: O`ktam Barnoev
Buxoroda marhum O`ktam Barnoevning "jiyani" 5 yil 6 oy muddatga qamaldi

Buxoroda 2020-yilning mart oyidagi pandemiya davrida o`zini viloyatning sobiq hokimi marhum O`ktam Barnoevning jiyani deb tanishtirib, fuqarolarga arzon uy-joy olib berish uchun ulardan pul undirib kelgan shaxsga sud hukmi o`qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro tumani sudi raisi Nozimjon Jo`raevga tayanib "Daryo" xabar berdi. 

Aniqlanishicha, marhum O`ktam Barnoevning soxta jiyani 32 yoshli fuqaro J.B. Buxoroning Kogon tumanida tug`ilgan bo`lib, Qorovulbozor tumanida yashab kelgan. U bir necha marotaba Jinoyat kodeksining turli bandlari bilan javobgarlikka tortilgan. 2015-yildan xavfli residivist sifatida ro`yxatga olingan. 2020-yilning mart oyida boshqa jinoyatlari sabab ozodlikni cheklash jazosini o`tayotgan bo`lishiga qaramasdan, qayta jinoyatga qo`l urgan.

Ma`lum bo`lishicha, J.B. fuqarolarning mulkini qo`lga kiritish maqsadida odamlarga o`zini Buxoro hokimi jiyani deb tanishtirishdan tashqari, hokimlikning kam ta`minlanganlarga uy-joy ajratish bo`limi xodimi ham tanishtirgan. Shuningdek, u COVID-19 pandemiyasi sababli karantin e`lon qilingan paytdan foydalanib, hokimlik binosiga ishchi-xodimlarning kirib-chiqishi cheklangani bois, o`z faoliyatini bino tashqarisida yuritayotganini aytgan. Va viloyat hokimligi binosining orqa tomonidan kirib-chiqiladigan joyda fuqarolar uchrashib kelgan. Uchrashuv davomida u bir nechta fuqarolarga shahar hududida qurilayotgan yangi ko`p qavatli uylardan imtiyozli kredit asosida uy-joy olib berishni va`da qilib, ulardan katta miqdorda pul undirgan.

Jumladan, 20 yillik kredit asosida beriladigan uy-joylarning boshlang`ich to`lovi sifatida fuqaro Z.H.dan 3 million 229 ming so`m, F.H.dan 1 million 617 ming 500 so`m, M.J.dan 2 million 800 ming 515 so`m, M.X.dan 3 million 284 ming so`m, R.B.dan 3 million 200 ming so`m, O`.B.dan 3 million 285 ming so`m pullarni olib, o`z ehtiyojiga ishlatib kelgan.

Oradan ancha vaqt o`tishiga qaramay, uy-joylari masalasida yangilik bo`lmagach, fuqarolar noroziligini bildirgan. J.B. esa vaziyatdan chiqish maqsadida bir nechta fuqaroga ularning pullarini olgani haqida soxta kirim g`azna orderini rasmiylashtirib bergan. U shu yo`l orqali 10 nafar fuqaroning pullarini o`zlashtirgan.

Keyinchalik uy-joydan umidini uzgan fuqarolar J.B.ning xatti-harakatlaridan shubhalanib, bu haqda huquq-tartibot idoralariga ma`lum qilgan. Holat yuzasidan tezkor o`rganuv boshlangan va bir necha soatda fuqaro J.B.ning soxta jiyan ekani, qolaversa, jinoyati uchun jazo o`tayotgan fuqaro ekani aniqlangan.

Viloyat hokimining soxta jiyani Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining “b” bandi (firibgarlik) va 228-moddasining 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sharhlar

Buxoro viloyati hokimi bugun qorako`lliklar bir umr eslab yuradigan ish qildi (foto)

15.11.2019, 18:43

 Qorakul tumani "Vaxim" MFY "Vaxim" qishlog`ida viloyat hokimi O`ktam Barnoev va viloyat sektor rahbarlari tomonidan halq bilan sayyor uchrashuvlar o`tkazildi. Uchrashuv doirasida vaximliklar uchun chuqurlashtirilgan bepul...
60 mingdan ortiq buxorolik Moskvada vaqtinchalik mehnat qilmoqda

12.11.2019, 22:54

Hozirda Moskva viloyati va shahrida 60 mingdan ortiq buxorolik mehnat migrantlari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Bu haqda Buxoro viloyatida O`zbekiston va Rossiya Hukumatlari hamkorligida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1