AsosiyJamiyat

Istanbulda qiyin ahvolda qolgan 6 nafar yurtdoshimiz O`zbekistonga qaytarildi

'Istanbulda qiyin ahvolda qolgan 6 nafar yurtdoshimiz O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan va koronavirus kasalligini boshidan o`tkazgan O`zbekiston fuqarolari – T.I, M.Yu va ularning farzandlari Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ular Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam so`rab murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaatlarni qanoatlantirish maqsadida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Bosh konsulxona va Xalqaro migrasiya tashkiloti hamkorligida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilib, fuqarolar Istanbul-Toshkent yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga olib kelindi. 

Moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Xalqaro migrasiya tashkiloti mas`ul xodimlari kutib oldi va ular yashash manziliga kuzatildi.

Boshqa yangiliklar