Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a`zolari 9 may kuni poytaxtimizdagi Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo`ydilar.
Tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Bugungi yorug` kunlar uchun fido bo`lgan insonlar yod etildi.