AsosiyJamiyat

Emizikli ayol ro`za tutish uchun bolasi ikki yoshga bo`lmasidan uni sutdan ayirishi joizmi?

'Emizikli ayol ro`za tutish uchun bolasi ikki yoshga bo`lmasidan uni sutdan ayirishi joizmi?'ning rasmi

Bir yarim yoshli emizikli bolasi bor ayol bolasining haqqini berib ikki yoshgacha emizish kerakmi yoki ro`za tutgani afzalmi?

Ushbu savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati javob berdi: 

- Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bir yarim yoshli bola odatda ovqat eya oladi. Shu sababli onasi ro`za tutsa, bolaga zarari tegmaydi. Bu holatda ona ro`za tutishi farz bo`ladi. Ikki yosh bu – bolaning emizish muddatining to`liq bo`lishidir. Er-xotin o`zaro kelishib, bu muddatdan oldin  sutdan chiqarishi ham joiz. Vallohu a`lam.

 

 

    Boshqa yangiliklar