O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 10 mayda kunduz kuni O`zbekiston hududida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Srdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tamon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30° bo`ladi.
Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-28° bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20° bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAFLI MAVJUD.






