Bugun, 10 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Yunusobod tumani hududidan o`tgan gaz quvurida ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bir necha manzilgohlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Rejaga ko`ra:
- Yunusobod tumani 2-15 mavzelar;
- "Kulolqo`rg`on" MFY;
- "Shodlik" MFY;
- G`ayratiy MFY;
- "Shahriston" MFY;
- "Moyqo`rg`on" MFY hududlari gaz ta`minotidan uziladi.
“HUDUDGAZTA’MINOTI” AJ noqulayliklar uchun uzr so`ramoqda.






