Yoshim 35 da. Ayni damda koronavirus yana avj olgan. Shu sababli vaksina olmoqchi edim. Ommaviy emlash jarayonida 65 yoshdan kichik bo`lgan aholi uchun qachon vaksina qilish tartibi belgilanadi?
Savolga O`zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova javob berdi:
- Dastlab 65 yoshdan yuqori hamda tibbiyot xodimlari emlanishi yo`lga qo`yilgan edi. Endilikda bu ro`yxatga maktabgacha ta`lim muassasa xodimlari, o`qituvchilar, surunkali kasalligi bor shaxslar ham qo`shildi.
Ommaviy emlashning ikkinchi bosqichida tibbiy dispanser nazoratida turmaydigan aholi koronavirusga qarshi kurash maxsus komissiyasining qarori bilan emlanishi ko`zda tutilmoqda. Yaqin oralarda bu haqda xabar e`lon qilinadi.






