AsosiyJamiyat

Shahrisabzdagi Ko`l qishlog`iga olib boruvchi yo`lda tog` ko`chkisi ro`y berdi

'Shahrisabzdagi Ko`l qishlog`iga olib boruvchi yo`lda tog` ko`chkisi ro`y berdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli Ko`l qishlog`iga olib boruvchi 90 kilometrlik yo`lning 62 kilometrida kuchli va keng hajmdagi ko`chki ro`y berdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 5 ta o`rta kattalikdagi ko`chki oqibatlarini bartaraf etishga aholi tashabbus ko`rsatgan. Tuman hokimligi tomonidan texnikalar jalb etilgan.  Hashar yo`li bilan yo`l ta`mirlangan.

Tuman hokimi Samad Hasanov  voqea joyiga etib borgan. Tuman hokimligi tomonidan hasharchilarga oziq-ovqat mahsulotlari etkazilib berilgan.

    Boshqa yangiliklar