AsosiyJamiyat

MIB Pop tumanidagi otalardan farzandlari voyaga etgunga qadar berishlari kerak bo`lgan alimentni undirib berdi

'MIB Pop tumanidagi otalardan farzandlari voyaga etgunga qadar berishlari kerak bo`lgan alimentni undirib berdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Pop tumani bo`limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish va ijro harakatlari davomida ikki nafar ota farzandlari voyaga etgunga qadar 5000 AQSh dollari miqdoridagi summani aliment uchun to`lab berdi.

N.Boyto`raev Pop tumanida istiqomat qiladi. Turmush o`rtog`i Z.Akbarova bilan ajrashib ketishadi. Bir nafar farzandi ona qaramog`ida qoladi. Fuqarolik ishlari bo`yicha Chust tumanlaro sudining qaroriga ko`ra otadan har oyda aliment undirish belgilanadi. Hujjat Byuroning Pop tuman bo`limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan harakatlar olib borilgan. O`z vaqtida aliment mablag`ni to`lab kelayotgan ota bilan o`tkazilgan tushuntirishlardan so`ng farzandi voyaga etgunga qadar to`lashi bo`yicha ariza bilan murojaat qildi. Uning murojaati ko`rib chiqildi va 18 yoshgacha bo`lgan davr uchun hisoblangan aliment mablag`i hisobiga 5000 AQSh dollari to`lab berdi.  

Yana bir fuqaro B.Sultanovdan undiruvchi Dildora Mirzaeva foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Fuqaro bilan olib borilgan tushuntirishlardan so`ng u ham farzandi voyaga etgunga qadar hisoblangan aliment mablag`i uchun 5000 AQSh dollarini jigarbandi uchun taqdim etdi.  

Har ikki ijro hujjati amalda tamomlandi.

    Boshqa yangiliklar