Sinoptiklarning ma`lum qilishlaricha, haftaning birinchi yarmida O`zbekistonning janubi-sharqiy hududlari nam va beqaror havo massalari ta`siri ostida bo`ladi.
Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir kechqurun yog`ishi mumkin. Shimoliy hududlarda va respublikaning eng janubida yog`ingarchilik kutilmaydi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha respublikaning tekislik hududlari bo`yicha asosan quruq ob-havo bo`ladi.
Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 13-18°, kunduz kunlari 23-28° atrofida bo`ladi. Bunday harorat may oyining o`rtasi uchun o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqin bo`ladi.
Quyida 11-14 may kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari bilan tanishing:
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 11 mayda 30-35°, 12-14 mayda 27-32° bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20°, 12 mayda 17-22°, kunduzi, 11 mayda 30-35°, 12-14 mayda 28-33° bo`ladi buladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 11-13 mayda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 14 mayda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo`ladi.






