2021 yilning 11-12 may kunlari O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Xitoy – Markaziy Osiyo” ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati ma`lum qildi.
Tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.
Vazirlar uchrashuvi chog`ida o`zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, qo`shma loyihalarni amalga oshirish, transport yo`laklari bog`liqligiga ko`maklashish va uzluksiz savdoga keng yo`l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida Vazir A.Kamilov Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar o`tkazadi va “Ipak yo`li” 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq so`zlaydi.






