AsosiyJamiyat

Zangiotada davlat byudjetidan qariyb 1 mlrd.so`mni talon-toroj qilgan bog`cha mudirasi ushlandi

'Zangiotada davlat byudjetidan qariyb 1 mlrd.so`mni talon-toroj qilgan bog`cha mudirasi ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida bog`cha mudirasi 37 nafar “o`lik jon”larga maosh yozib kelib, jami 983,5 mln. so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirib yuborgan.
Bu haqda Toshkent viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
  Qayd etilishicha, viloyatda ta`lim muassasalari rahbarlarining byudjet mablag`larini talon-toroj qilishi holatlari yuzasidan 11 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
  Jumladan, Zangiota tumanida joylashgan 16-sonli MTT mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o`zida qoldirishni talab qilib, tabellarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali 983,5 mln. so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirib yuborgan.
  Oqqo`rg`on tumanidagi 2,6,10,12-sonli MTTlar mansabdor shaxslari tomonidan o`zlariga ishonib topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilingan.

Boshqa yangiliklar