AsosiyJamiyat

"Biz o`zbek jurnalistlari bilan hamkorlik qilishga hamisha tayyormiz". Turkiya Elchixonasi vakillari media-haftalikdan olgan taassurotlari bilan o`rtoqlashdi

'"Biz o`zbek jurnalistlari bilan hamkorlik qilishga hamisha tayyormiz". Turkiya Elchixonasi vakillari media-haftalikdan olgan taassurotlari bilan o`rtoqlashdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, o`tgan hafta O`zbekiston media sohasida unutilmas hafta bo`ldi. Xususan, 3 may — Jahon matubot erkinligi kuniga bag`ishlab o`tkazilgan “Oltin qalam” XV tanlovi bilan birga xalqaro darajadagi trening va shoularni o`z ichiga olgan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media-haftaligi bo`lib o`tdi. Haftalikning unutilmas kunlaridan biri — O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida  mamlakatimizdagi ilk talabalar multimedia studiyasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Unda mahalliy OAV xodimlari, mutaxassislar bilan birga xorijiy korpus vakillari ham ishtirok etdi. Xususan, Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar janoblari va Elchixona vakillari ham ishtirok etishdi.

Biz Turkiya elchixonasi mas`ul vakillarining ushbu haftalik yuzasidan, o`zbek media bozori va bu boradagi islohotlarga munosabatlari va fikr-mulozalari bilan qiziqdik. 

Alparslan Akinji, Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasining Madaniyat va axborot masalalari bo`yicha maslahatchisi:

— Biz O`zbekistonda katta media-haftalikda, xususan, O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etganimizdan mamnun bo`ldik. Mazkur yangi oliygohda 3 yilda 2 mingga yaqin talaba ta`lim olibdi. Biz tashrifimiz davomida bu erda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik va barchasini yuqori darajada deya baholadik. 

Turkiya va O`zbekiston OAVlarida ham o`xshash jihatlar bor. Turkiyada yuzlab telekanallar va radiolar mavjud, minglab gazeta va jurnallar chop etiladi, 150 yildan buyon chop etalayotgan gazetalar bor. Usmonlilar davridan beri chiqarilayotgan nashrlar ham bor. Yana bir muhim narsani aytish kerakkki, O`zbekistonda jadidchilik degan yo`nalish bo`lgan va Istanbulda ta`lim olgan ko`plab jadidchi ota-bobolarimiz bo`lgan. Biz ular chiqargan gazetalarni ham o`qiymiz. 

Hozirda o`zbek jurnalistlari bilan ham yaxshi loyiha va hamkorliklarni yo`lga qo`yganmiz. Jumladan, o`tgan yil so`nggidan boshlab, o`zbekistonlik jurnalsitlar uchun Turkiya davlatiga “Xavfsiz turizm” loyihasi asosida sayohatlar uyushtirishni yo`lga qo`ydik. Hozirga qadar turli OAVlarda faoliyat yuritayotgan 50 nafardan ortiq jurnalistlar ushbu dastur ishtirokchisiga aylanishdi. 

Biz endilikda Toshkentda ochilgan TRT telekanali bilan hamkorlikda Jurnalistika universiteti talabalarining ham malaka oshirishlari va turli loyihalarimizda ishtirok etishlarini yo`lga qo`yshimiz mumkin. 

O`zbekiston bizning qardosh davlatimiz, biz bu mamlakat bilan doimo hamkorlik qilishga tayyormiz.

Mustafa Avji, Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi ichki ishlar bo`yicha maslahatchisi:

O`zbekiston ota-bobolarimiz yurti bo`lgan va tarix kitoblarida Movaraunnahr nomi bilan yod olingan, sog`inch va hayollarimiz bo`lgan bu tuproqlar har bir turk farzandining orzusidir.

Bu o`lkaning har bir shahrida qadimgi sivilizasiya izlari hanuzgacha saqlanib kelinmoqda. Samarqand va Buxoroga qilgan ziyoratimda bu ikki shaharga maftun bo`ldim. Do`stimning ijtimoiy tarmoqlardagi bir yozuvida "Buxoro: Sharq marvaridi" so`zlarini ko`rishim bilan men ham "Buxoro bizning haqiqiy qalbimizning gavhari" deb yozgandim.

Muqaddas kitobimiz Qur`oni Karimning ilk amri bo`lgan "O`QI!" oyatlar ichida nimani qanday o`qishimiz kerakligini ko`rsatgan va bu koinotni sir va jumboqlarga boy qilgan Allohning aslida bizni qiziqishga, izlanishga va yangiliklarni kashf etishga undaydigan juda muhim haqiqati bo`lib ko`z o`ngimizda gavdalanmoqda.

Jurnalist, fotosuratchi, muxbir va yana ushbu sohasining istalgan yo`nalishida ishlashni istagan har bir talaba birinchi navbatda yaxshi intellektual bilimga ega bo`lishi kerak. Ular, adabiy, ijtimoiy, siyosiy-tarixiy va dolzarb mavzularda hamda barcha sohalardagi izlanishlari orqali bilimlarini yanada boyitishlari mumkin.

O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining yangi binosining ochilishi bilan jurnalistlarni tayyorlashda juda muhim bo`lgan markazga ega bo`ldi. Ochilish marosimi O`zbekiston Respublikasining oliy darajadagi davlat xodimlari ishtiroki bilan juda chiroyli o`tdi.  Bu ochilish marosimiga Turkiya Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi elchisi Olgan Bekar janoblari ham ishtirok etdilar.

Kuzatishlarimiz natijasida o`z kasbini boshlaydigan nomzodlar uchun tashkil etilgan radiostudiyada so`nggi rusumli texnologiyalar taqdim qilingan bo`lib, talabalarning yuqori bilim va tajriba olishlari maqsad qilinganligini ko`rdik. Telestudiya, kompyuter sinfxonalari, bahs-munozara xonalari, o`qish-o`rganish sinfxonalari bizni juda hayratda qoldirdi. Har bir qavatning yo`laklarida sohaga oid atmosfera yaratilgan bo`lib, yoshlarni kelejak karera qilish uchun ruhlantirmoqda.

Bir qavatning yo`lagi Turkiya matbuoti va telekanallari logotiplari bilan bezatilgan bo`lib, ular orasida Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning turkiy xalqlar ittifoqining o`rnatilishiga doir ishonch so`zlari va ikki mamlakatning prezidentlari Shavkat Mirziyoev va Rajab Toyyib Erdo`g`anning samimiy fotosuratlari bizning do`stligimiz va hamkorligimizning ramzi bo`lib turar edi.

Qisqasi, bugun biz O`zbekistonning kelajakdagi matbuot armiyasining o`quv uyiga qoyil qoldik. Rektorlar o`rtasidagi hamkorlik protokollari kelajakning sug`urta siyosatiga aylanganday, go`yo.

Bizning yurtimizda "Sevgi bilan yugurgan charchamaydi" degan naql bor. Keling, avval o`zimizdan boshlaylik. Bilim, amal, tirishqoqlik, sabr va ishtiyoq bilan har tomonimizni jihozlaylik.

 

    Boshqa yangiliklar