O`zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Istanbul va Dehliga amalga oshirilayotgan quyidagi reyslarni bekor qiladi:
HY 271/272| Toshkent – Istanbul /Istanbul – Toshkent faqat 2021 yil 26 va 31 may kunlari;
HY 273/274| Toshkent – Istanbul / Istanbul – Toshkent 2021 yil 18 maydan 31 maygacha faqat haftaning 2, 4 va 5 kunlaridagi reyslar;
HY 275/276| Samarqand – Istanbul / Istanbul – Samarqand 2021 yil 17 maydan 31 maygacha;
HY 277/278| Farg`ona – Istanbul / Istanbul - Farg`ona 2021 yil 19 maydan 31 maygacha;
HY 279/280| Urganch – Istanbul / Istanbul – Urganch 2021 yil faqat 23 va 30 may kunlari;
HY 421/422| Toshkent – Dehli / Dehli – Toshkent 2021 yil faqatgina 14, 21 va 28 may kungi reyslar.






