AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 6 ta viloyatida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning 6 ta viloyatida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 11 mayda kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgaribturadi, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida, ertalab Jizzax, Samarqand viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-27° bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar