2021 yil 05 may kuni Marg`ilon shahar IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida R.U. B.Marg`iloniy ko`chasida joylashgan “O`zbekneftgaz” nomli AYoQSh oldida jami 1.500 AQSh dollar bo`lgan, 30 dona 50 AQSh dollar kupyuradagi suviner pullarini haqiqiy pullar ekanligini aytib, 7.500.000 so`m evaziga sotgan vaqtida qo`lga olindi va undan pullar daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






