1

Soliq qo`mitasi Kusherboevga qarshi sudga bergan da`vo arizasini qaytarib oladigan bo`ldi

Jamiyat 11.05.2021, 13:00
Soliq qo`mitasi Kusherboevga qarshi sudga bergan da`vo arizasini qaytarib oladigan bo`ldi

Davlat soliq qo`mitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev bilan uchrashuv bo`lib o`tgan.  

Muzokaralar davomida yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilingan.  

Eslatib o`tamiz, Davlat soliq qo`mitasi va uning tarkibiy bo`linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kusherbaev Rasul Xidralievich ustidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da`vo arizasini kiritgan edi.

Xabarda ma`lum qilinishicha, har ikki tomonning ham maqsadi va maslagi birligi, ya`ni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligi yo`lida xizmat qilish ekanligi ta`kidlanib, masalani sudgacha olib bormasdan, to`xtatishga qaror qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1