1

Xristianlarning “Ota-onalarni xotirlash” kuni munosabati bilan Toshkentdagi qabristonlarga boradigan avtobuslar yo`nalishlari ko`paytirildi

Jamiyat 11.05.2021, 13:48
Xristianlarning “Ota-onalarni xotirlash” kuni munosabati bilan Toshkentdagi qabristonlarga boradigan avtobuslar yo`nalishlari ko`paytirildi

2021 yil 11 may kuni “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan  Toshkentda 15 ta avtobus va 4 ta vaqtinchalik yo`nalishlar yo`lga qo`yildi. Bunga sabab Xristian dini vakillarining “Ota-onalarni xotirlash” (Roditelskiy den) tadbirlari o`tkazilishi sabab bo`lgan. Shu munosabati bilan, aholining transportga bo`lgan ehtiyojini qondirish va yo`lovchilar tashish uzluksizligini ta`minlash maqsadida ushbu choralar ko`rilgan. Mazkur yo`nalishlar 7:00 dan - 18:00 ga qadar harakatini davom ettiradi. Bu haqda jamiyat Axborot xizmati ma`lum qildi.

Qabristonlar yo`nalishi:

1. K-1 (Mashinasozlar metrosi-1-sonli qabriston (Botkina)

2. K-2 (Olmazor metrosi-2-sonli qabriston (Do`mbirobod)

3. K-3/1 (Buyuk ipak yo`li metrosi-3-sonli qabriston (O`rtasaroy)

4. K-3/2 (Qo`yliq dehqon bozori-3-sonli qabriston (O`rtasaroy)

Ayni vaqda, Toshkent shahar transport boshqarmasining inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari amalga oshirilib borilmoqda avtobuslar me`yoridan ortiq turmasligi, belgilangan oraliq masofasiga qat`iy rioya qilinishi nazorat qilinib, yo`lovchilar bilan ijtimoiy masofa saqlanishi yuzasidan targ`ibot ishlari amalga oshirib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1