Internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda “Sergelidagilar qachon toza havodan nafas oladi?” sarlavhali xabar keng tarqalgan edi. Ushbu holat Senatning Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan olib boriladigan o`rganishlar natijalari batafsil Senatning rasmiy sayti orqali ma`lum qilinadi.