AsosiyJinoyat

Marg`ilonda voyaga etmagan shaxs avtomashina salonidan 5.300 AQSh dollari va 1.000.000 so`m pullarni o`g`irladi

'Marg`ilonda voyaga etmagan shaxs avtomashina salonidan 5.300 AQSh dollari va 1.000.000 so`m pullarni o`g`irladi'ning rasmi

Marg`ilonda voyaga etmagan shaxs avtomashina salonidan 5.300 AQSh dollari va 1.000.000 so`m pullarni o`g`irladi

08 may kuni Marg`ilon shahri Navro`z MFY hududida yashovchi fuqaro X.S. IIBga murojaat qilib, unda noma`lum shaxs yashash xonadoni oldida eshiklari quflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan “Gentra” rusumli avtomashinasi salonidan 5.300 AQSh dollari va 1.000.000 so`m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga etmagan P.S. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 16-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, o`z mol-mulkingiz pul mablag`laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o`g`irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo`shgan bo`lasiz.

Boshqa yangiliklar