1

Surxondaryoda radarga "xujum" qilgan haydovchi ariqqa quladi

Jamiyat 11.05.2021, 22:24
Surxondaryoda radarga "xujum" qilgan haydovchi ariqqa quladi

Surxondaryoda YTHlarni oldini olish uchun 10 ta radar o`rnatilgan. Ularning aynan 9 tasi ko`chma radarlardir. Viloyat hududida sanoqli radarlar o`rnatilgan bo`lsa-da, haydovchilar ularga daxl qilishdan tiyilmayapti. Quyida hududda radarni yo`nalishini o`zgartirmoqchi bo`lib, 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi olgan haydovchining izohi bilan tanishing:

Yo`lda ketayotib radarga ko`zim tushdi.Chetroqda to`xtab, radarni burib qo`ydim. Shundan so`ng YPX xodimi kelib mashina bilan yo`limni to`sdi. Mashimni buraman deb ariqqa tushib ketdim.

Joriy yil davomida Surxandaryoda 96 ta YTH sodir bo`lgan. Ularning oqibatida 76 nafar shaxs turli tan jarohatlari olgan, 40 nafar inson vafot etgan. Avtohalokatlarga ko`p hollarda yuqori tezlik bilan harakatlanish sabab bo`lgan. Shunga qaramay haydovchilar tezlikni oshirishdan, ularning foydasiga ishlovchi radarlar faoliyatiga dahl qilishdan to`xtamayapti. Shu kabi holatlarning yana biri Angor-Termiz yo`nalishida sodir bo`lgan.  

Yo`l chetida radar turgan ekan. Uning akumlyatoriga tegishli ketdim. Tushuntirish ishlari olib borildi. O`z ishimdan pushaymonman.

Qoidabuzar haydovchilarga sud zalida chora ko`rildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1