AsosiyJamiyat

Samarqandda cho`ntagidagi marixuanani yashirmoqchi bo`lgan shaxs IIB xodimiga 2000 dollar taklif qildi

'Samarqandda cho`ntagidagi marixuanani yashirmoqchi bo`lgan shaxs IIB xodimiga 2000 dollar taklif qildi'ning rasmi

Samarqandda tezkor xodimga 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida bermoqchi bo`lgan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

2021 yil 10 may kuni Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB tezkor xodimi Samarqand shahar Qorasuv maskani “B.Yalangtush” mahallasida o`zini shubhali tutgan A. ismli shaxsni yonini xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan o`tkazgan vaqtida, egnida bo`lgan kiyimining chap cho`ntagidan 2,16 gramm og`irliklagi marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Fuqaro o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlarni ro`yhatdan o`tkazmaslik va tergov organi tomonidan qonuniy chora ko`rmaslik evaziga tezkor xodimga 2.000 AQSh dollarini pora sifatida taklif qilgan.

Xodim unga bir necha marotaba pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan pora taklif qilishda davom etgan.

Tezkor xodim holat yuzasidan viloyat IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bildirgiga asosan, 11 may kuni IIV O`XB Samarqand viloyati bo`yicha bo`limi, Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB, Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilib, 1987 yilda tug`ilgan, Kattaqo`rg`on shahar A.Temur ko`chasida yashovchi Yu.A. ishini ijobiy hal qilib berish evaziga IIB xodimiga 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.  

Holat yuzasidan A.Yu. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar