AsosiyJamiyat

Qoraqalpoq Davlat universitetiga o`qishga kiritmoqchi bo`lgan guruh ushlandi

'Qoraqalpoq Davlat universitetiga o`qishga kiritmoqchi bo`lgan guruh ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda,  fuqaro I.J., J.X. va D.X.lar oldindan til biriktirib, fuqaro D.ni Qoraqalpoq Davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 5 000 AQSh dollari qiymatida 3 000 AQSh dollari va 20 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

"Hurmatli ota-onalar va abiturientlar, amaldagi qonunchilikka ko`ra, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam ball to`plagan abiturientlarga ham oshirilgan to`lov-kontrakt to`lovini to`lash sharti bilan o`qishga kirish imkoniyati yaratilgan.

Agarda o`qishga kirish uchun etarli ball to`play olmagan bo`lsangiz, oliy ta`lim muassasasiga murojaat qilishingizni so`raymiz.

Kirish imtihonlari bo`yicha boshqa imtiyozlar haqida shu erda batafsil tanishishingiz mumkin", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar