AsosiyJamiyat

Oqoltinlik xodimga nisbatan qilingan tuxmat sud zalida ko`rib chiqildi

'Oqoltinlik xodimga nisbatan qilingan tuxmat sud zalida ko`rib chiqildi'ning rasmi

2021 yil 6 fevral kuni fuqaro B.R Oqoltin tumani hududidan o`tgan A-373 avtomobil yo`lining 10 km.da o`z boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida piyodaga yo`l bermasdan “Yo`l harakati qoidalari”ning 112-bandi talablarini buzib harakatlanganligi holati shu hududda YHXBning taqsimotiga asosan xizmat olib borayotgan Sirdaryo viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi, yo`l-patrul xizmati otryadi ikkinchi safarbar guruhi yo`l-patrul xizmati inspektori kichik serjant M.Sh tomonidan aniqlanib, haydovchiga nisbatan elektron shaklda ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, shundan so`ng, 2021 yil 8 fevral kuni fuqaro B.R Oqoltin tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 6 fevral kuni Oqoltin tuman hududida Sirdaryo viloyat IIB YHXB inspektori M.Sh to`xtatganligini, u avtomashinasidan tushganligini, inspektor M.Sh o`zining “Lasetti” rusumli xizmat avtomashinasiga o`tirishni taklif qilganligini, shunda xodim unga “Jarimangiz yo`q ekan, Sizga bitta piyoda jarima yozib beraman”-deb aytganligini, yo`lda umuman piyodani ko`rmaganligi va huquqbuzarlik sodir etmaganligini, xizmat vazifasini olib borayotgan inspektor xodimning bodi kamerasi yo`qligini bayon qilgan.

Ushbu holat Sirdaryo viloyati IIB mas`ullari tomonidan nazoratga olinib, kichik serjant M.Shga xizmatga foydalanish uchun biriktirilgan bodi kamera xotirasi ko`zdan kechirilganida, xodim va haydovchi B.R lar o`rtasida bo`lib o`tgan muloqot bodi kamera xotirasida  saqlanganligi, xodim tomonidan hech qanday noqonuniy ishlar amalga oshirilmaganligi, haydovchi B.R xodimga tuhmat qilganligi aniqlanib, ushbu videotasvir yuzasidan haydovchiga qonuniy chora ko`rish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Sardoba tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Sardoba tuman sudining qaroriga asosan, haydovchi B.R Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 40-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz barobari miqdorida, ya`ni 1.960.000 so`m jarima jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar