AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`simlik yog`i ishlab chiqarish, tuxum va go`sht etishtirish hajmi oshiriladi

'O`zbekistonda o`simlik yog`i ishlab chiqarish, tuxum va go`sht etishtirish hajmi oshiriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida aholini oziq-ovqat bilan ta`minlash kun sayin dolzarb masalaga aylanib borayotgani alohida ta`kinlandi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Yig`ilishda keltirilishicha, tuxum ishlab chiqarish hajmi Toshkent viloyatida – 5 foizga, Sirdaryoda – 4 foizga kamayishi hisobiga, ushbu viloyatlarda tuxumning narxi 7 foizga, respublika bo`yicha esa 3,6 foizga oshgan.

Go`sht va o`simlik yog`ining ham jahon bozoridagi narxlari 1 yildan buyon to`xtovsiz o`sayotgani barcha rahbarlarni zarur chora-tadbirlarni ko`rishga undashi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlat rahbari topshirig`iga ko`ra, joriy yildachorvachilik yo`nalishida 1 mingta, parrandachilikdagi 277 ta loyihani ishga tushirish hisobiga, 13 ming tonna go`sht, 608 ming tonna sut, 3 milliard dona tuxum va 14 ming tonna parranda go`shti etishtirilishini ta`minlashini shart. Yog`-moy mahsulotlariga ichki bozorda aholi talabini qondirish maqsadida, joriy yilda 246 ming tonna moyli ekinlarni etishtirish va buning hisobiga 86 ming tonna moy ishlab chiqarilishini ta`minlash kerak.

Shuningdek, 1,1 million gektar asosiy maydonlarda 224 ming gektar bog`-tok oralariga hamda g`alla va ertangi ekinlardan bo`shaydigan 873 ming gektarga sabzavot, kartoshka, poliz, sholi, moyli va ozuqa ekinlarini etishtirish zarurligi ta`kidlandi. 

 

    Boshqa yangiliklar