AsosiyJamiyat

Qur`oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo`lyozmasi O`zbekistonda yaratildi

'Qur`oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo`lyozmasi O`zbekistonda yaratildi'ning rasmi

O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazida Qur`oni Karim sahifasining dunyodagi eng katta qo`lyozmasini qo`lda ko`chirish ishlari yakuniga etdi. Bu haqda markaz direktori Shoazim Munavvarov ijtimoiy tarmoqdagi o`z sahifasida ma`lum qilgan.  

Ushbu sahifa Boysung`ur Mirzo tomonidan otasi sulton Shohruh Mirzo uchun maxsus ko`chirilgan Qur`on sahifasining biroz kattalashtirilgannusxa hisoblanadi. Ma`lum bo`lishicha, sahifani Markaz hattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin o`g`li 6 oy mobaynida ko`chirgan.  

Maxsus qog`oz Yaponiyadan, buyoqlar Turkiyadan olib kelingan va sahifaga o`zbek oltini suvi bilan hal berilgan.  

Tabarruk sahifa Islom sivilizasiyasi markazidagi Usmon Qur`oni uchun jihozlanayotgan xonaqodan joy olishi ma`lum qilingan.  

Bundan tashqari, Islom sivilizasiyasi markazi qo`lyozma Qur`on sahifasini Ginnes ro`yxatiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar