AsosiyJamiyat

Sektor rahbaridan bosh vazir o`rinbosarlarigacha: muammoli kreditlar qaytariladi

'Sektor rahbaridan bosh vazir o`rinbosarlarigacha: muammoli kreditlar qaytariladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda davlat rahbari ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o`sishni ta`minlash masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Yig`ilishda muammoli kreditlar masalasida alohida so`z yuritildi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

SOHALAR KESIMIDA

Bu muammoli kreditlarni sohalar kesimida oladigan bo`lsak, sanoatda – 3 trillion so`m, savdo va xizmat ko`rsatishda – 2,1 trillion so`m, qishloq xo`jaligida – 1,8 trillion so`m, qurilishda – 978 milliard so`m, transport va kommunikasiyada – 547 milliard so`mlik muammoli kreditlar vujudga kelgan.

HUDUDLAR KESIMIDA

Hududlar kesimida Jizzax, Samarqand Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining har biriga qariyb 1 trillion so`mdan muammoli kreditlar to`g`ri kelmoqda.

SЕKTOR RAHBARIDAN BOSh VAZIR O`RINBOSARIGAChA...

Bu mablag`larni qaytarishga Bosh vazir o`rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor va tijorat banklari rahbarlari shaxsan javob beradilar”, - dedi Prezident.

MUDDAT QAChONGAChA?

Mas`ullar ikki hafta muddatda o`z kompleksiga kiruvchi korxonalarning muammoli qarzdorligini to`liq xatlovdan o`tkazib, ikkinchi chorak yakuniga qadar ularning kamida 25 foizini, yil yakuniga qadar esa 100 foiz qaytimini ta`minlash bo`yicha hududlar va tarmoqlar kesimida grafikni tasdiqlash bo`yicha Prezident topshirig`ini olishdi.

    Boshqa yangiliklar