AsosiyJinoyat

Notariusdan tovlamachilik yo`li bilan 38 000 AQSh dollari talab qilgan fuqaro qo`lga olindi

'Notariusdan tovlamachilik yo`li bilan 38 000 AQSh dollari talab qilgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

7 may kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kattaqo`rg`on tumani Payshanba shaharchasida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Samarqand viloyati IIBga, Qattaqo`rg`on shahrida notariuslik faoliyati bilan shug`illanuvchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Kattaqo`rg`on shahrida yashovchi Sh. ismli shaxs 2020 yil sentyabr oyidan buyon uni fuqarolar o`rtasidagi uy-joy oldi-sotti shartnomasini noqonuniy rasmiylashtirganligini ro`kach qilib, jinoiy javobgarlikka torttirib, qamatib yuborish bilan qo`rqitib kelayotganligini, 38 000 AQSh dollari evaziga tergov organiga borib aybi yo`qligini yozib berib, tinch qo`yishini aytib, undan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qilayotganligini bildirgan.

Arizaga asosan, o`tkazilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, Kattaqo`rg`on shahar kadastr xodimlarining noqonuniy harakatlari bo`yicha jinoyat ishi mavjudligi, jinoyat ishi yuzasidan xususiy notariusning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emasligi aniqlandi. 

Mazkur arizaga asosan, 07 may kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kattaqo`rg`on tumani Payshanba shaharchasida tezkor tadbir o`tkazilib, Kattaqo`rg`on tumani Baland Chordara MFYda yashovchi M.Sh. ariza muallifidan 33 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo`li bilan qo`lga kiritgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib hujjatlashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar