Poytaxtimizda 2013 yilning dekabridan o`z faoliyatini boshlagan «Trend» supermarketi o`z faoliyatini to`xtatdi.
«Next» hamda «Vega» savdo-ko`ngilochar majmualari ichida joylashgan mazkur supermarketlar 1 martdan savdoni to`xtatgan.
Bu haqda «Trend» o`zining Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Buning sabablarini aniqlash maqsadida Next savdo majmuasi bilan bog`langanimizda, ular mazkur holatni vaqtinchalik deya ma`lumot berishdi. Hozircha esa Next’da oziq-ovqat mahsulotlari savdosi to`xtatilgan.