AsosiyJinoyat

DXX Namanganda 2 mlrd. so`mlik dori vositalari kontrabandasiga chek qo`ydi

'DXX Namanganda 2 mlrd. so`mlik dori vositalari kontrabandasiga chek qo`ydi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi 1986 y.t. “G`.D.” va 1962 y.t. “X.O.”larning yashash xonadonlari ko`zdan kechirildi. 

Natijada ulardan hech qanday tegishli hujjatlari bo`lmagan 51 turdagi umumiy qiymati 1 mlrd. 300 mln. so`mlik dori vositalari prosessual tarzda rasmiylashtirilib olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Aniqlanishicha, ushbu dori vositalari qo`shni Qirg`iziston Respublikasidan viloyat hududiga Yangiqo`rg`on tumanidagi aylanma yo`llar orqali noqonuniy ravishda olib o`tilgan.

Shuningdek, Chust tumani “Yuqori G`ova” mahallasida yashovchi 1988 y.t. “X.J.” 67 turdagi umumiy qiymati 700 mln. so`mlik dori vositalarini avtomashinada Qo`qon shahriga olib ketayotgan vaqtida Pop tumani hududida to`xtatilib, undan dori vositalari tegishli tartibda olib qo`yildi.

U mazkur dori vositalarini Qirg`iziston Respublikasining Ola-buqa tumanida yashovchi, 1976 y.t. shaxsdan olib, aylanma yo`llar orqali respublikamiz hududiga o`tkazgan. 

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar