Jizzax shahrining "Zilol" mahallasidagi xonadonlarning birida 2020 yilning 17 noyabr kuni soat 7 da uyda hech kim yo`qligidan foydalangan noma`lum shaxs xonadon egasining 80 million so`m pulini o`g`irlab ketgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, turar joydan ayollarning pardoz-andoz buyumlari ham olib ketilgan. Jinoyat uyga deraza orqali kirish yo`li bilan amalga oshirilgan.
Holat yuzasidan o`tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari dastlab kutilgan natijani bermagan. Jinoyatchini topishga qaratilgan sa`y-harakatlar natijasida H.P. xonadonida sodir etilgan o`g`irlik fosh qilindi. Bu qonunbuzarlik Jizzax shahrining Zilol mahallasida yashovchi Z.M. hamda Sharof Rashidov tumanining Qahramon mahallasida yashovchi B.M. tomonidan sodir etilgan.
Ayblanuvchilar 20 yoshli yigit va qizdan o`g`irlangan pul evaziga qo`lga kiritilgan kiyim-kechak va pardoz-andoz buyumlari hujjatlashtirib olindi. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






