O`zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Samarqand shahar bo`limining xulosasiga asosan TDIU Samarqand filialida o`quv jarayoni 2021 yil 27 apreldan 10 mayga qadar (14 kun) masofaviy shaklda o`qish tashkil etilgan edi.
Filial direktori o`rinbosarining rasmiy bayonotiga ko`ra, bugungi kunda Samarqand shahri bo`yicha epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Shu sababli, Samarqand shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining navbatdagi qaroriga asosan, Filialda o`quv jarayonlari joriy yilning 25 may kuniga qadar masofaviy tarzda davom ettiriladi.
O`quv jarayoni Filial professor-o`qituvchilari tomonidan masofaviy shaklda ZOOM va Moodle platformalari orqali dars jadvalida belgilangan vaqtlarda o`tilishi tashkil etiladi. Shuningdek, oraliq va yakuniy nazoratlar “online” shaklda olinadi.
Vaziyat yuzasidan o`zgarish bo`lganda Filial rasmiy axborot manbalari orqali qo`shimcha axborot beriladi.
O`zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo`lmang, niqob taqing va ijtimoiy masofani saqlang!






