O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi "Toshkent shahar yo`lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shuningdek, yo`nalishlar tarmog`ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida, 2021 yil 13 maydan boshlab, 8T-sonli “Nazarbek qo`rg`oni – Chorsu metrosi” avtobus yo`nalishining harakati “Nazarbek qo`rg`oni” so`nggi bekatidan Mustaqillik ko`chasi orqali “Nayman mahallasi” hududigacha uzaytiriladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur yo`nalishdagi avtobuslar jadvali soni ish va shanba kunlariga 7 ta (+1), yakshanba kunlariga 6 ta (0) etib belgilandi.






