Toshkent shahar IIBB 1999 yilda tug`ilgan Nuraxmetov Feysal Axmetjanovichni izlashda fuqarolardan ko`mak so`ramoqda. Qidiruvdagi shaxs joriy yilning 4 may kuni soat taxminan 15:30da Yashnobod tumani Farg`ona yo`lida joylashgan ish joyidan chiqib bedarak yo`qolgan.
Belgilari: bo`yi 180 sm, gavdali, sochlari jigarrang, ko`zi qora, qoshi qalin.
Egnida: ko`k rangli futbolka, qora rangli triko va qora krossovka bo`lgan.
"Hurmatli fuqarolar! Agar siz Nuraxmetov Feysal qaerdaligi xaqida biron bir ma`lumotga ega bo`lsangiz yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar idoralariga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so`raymiz!",–deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.






